7-oktabr kuni “Mettyu” dovuli AQShning Florida shtati sohiliga zarba berdi. Bu yerda 400 ming kishi elektr quvvatisiz qoldi, deb xabar beradi “TASS”.
Voqea joyidan olib berilayotgan reportajlarga qaraganda, to‘xtamayotgan yog‘ingarchilik ko‘rish imkonini pasaytirmoqda, NASA kosmodromi joylashgan Kanaveral burnida esa shamol tezligi 47,8 metr/sekundni tashkil qilmoqda.
Dovul epitsentri Mayamida joylashgan. U tufayli Gaitida, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 478 kishi qurbon bo‘ldi.
Izoh (0)