Checheniston rahbarining matbuot kotibi Alvi Karimov saylovlarda g‘alaba qozongan Ramzan Qodirovning inauguratsiyasi uning tug‘ilgan kuniga to‘g‘rilangani haqidagi OAV axborotini inkor qildi.
“OAVda Ramzan Qodirov respublika rahbarligi inauguratsiyasini ataylab tug‘ilgan kuniga mo‘ljallagani haqida chiqarilgan xabarlar haqiqatga mos kelmaydi”, — uning so‘zlarini keltiradi “Interfaks”.
Uning ta’kidlashicha, marosim qonunchilikka muvofiq 5-oktabr o‘tkazilmoqda — tegishli huquqiy aktda saylov natijalari e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib g‘olib qasamyodga keltirilishi belgilangan.