Ramzan Qodirov Checheniston rahbari saylovida g‘alaba qozondi
Rossiyaning Checheniston respublikasi saylov komissiyasi respublika rahbarligiga o‘tkazilgan saylov natijalarini e’lon qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ma’lum bo‘lishicha, saylovda ovoz beruvchilarning 94,8 foizi ishtirok etdi.
Ramzan Qodirovga ishtirok etgan saylovchilarning 97,94 foizi ovoz berdi. Shu tariqa, u o‘z lavozimida qoldi.
Respublika rahbarligiga jami to‘rt kishi o‘z nomzodini qo‘ygan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar