Isroil Harbiy-dengiz kuchlari O‘rtayer dengizida faol ayollarning kemasi “Zeytuna”ni to‘xtatib qoldi. Ular G‘azo sektoridagi dengiz blokadasini buzib o‘tishga uringan. Bu haqda Haaretz gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Isroil Harbiy-dengiz kuchlari G‘azo blokadasini buzib o‘tish uchun yo‘l olgan ayollar ekipajidan iborat kemani to‘xtatib qoldi”, — deb xabar beradi nashr.
Operatsiya oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Isroil kuchlariga qarshilik ko‘rsatilmagan, kema yo‘nalishi Ashdod shahri porti tomonga o‘zgartirilgan.
“Zeytuna” kemasi bortidagi 13 nafar ayol orasida bir nechta parlamentariy, Olimpiadada ishtirok etgan sportchi qiz, AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi va Nobel mukofotining sovrindori, Shimoliy irlandiyalik Meyrid Korrigan-Maguayr bo‘lgan.
Izoh (0)