Efiopiya poytaxti Addis-Abeba chetida noma’lum shaxslar tarafidan uyushtirilgan hujum oqibatida AQSh fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
AQShning Efiopiyadagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, 4-oktabr kuni noma’lum shaxslar amerikalikning avtomobilini toshbo‘ron qilgan.
Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)