Isroil mudofaa armiyasi HAMAS harakatining G‘azo sektori shimolidagi marralarini o‘qqa tutdi. Bu Sderot shahriga uyushtirilgan raketa hujumiga javoban amalga oshirildi, deb xabar beradi “TASS”.
Zarbalar G‘azo sektori shimolidagi Bayt-Xanunga berildi. Hech kim zarar ko‘rmagani aytilmoqda.
Ilgariroq G‘azo sektoridan uchirilgan raketa Isroilning Sderot shahrida portlagani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)