Praganing “Sparta” jamoasi futbolchilari Tomash Koubek va Lukash Vaxa ayollar jamoasi bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu ularning hakam qizni haqorat qilishiga javoban ko‘rilgan choradir, deb xabar bermoqda “TASS”.
Chexiya chempionati doirasida Brnoning “Zbroyevka” jamoasiga qarshi kechgan va 3:3 hisobi bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng ular Twitter’da hakamlik qilgan qiz — Lyusi Ratayovani haqorat qilgan edi. U qo‘shimcha vaqtda ofsaydni qayd qilmagani bois “Zbroyevka” mag‘lubiyatdan qutulib qolgan edi.
“Bilishimcha, yigitlar ta’sirlanib turgan edi va hissiyotlariga erk berdi, lekin har narsaning chegarasi bor”, — dedi klub direktori Adam Kotalik.
Izoh (0)