Agar AQSh va Rossiya o‘zaro murosaga kelmasa, Suriyadagi ixtilofni tugatib bo‘lmaydi. Bu haqda Germaniya TIV rasmiy vakili Martin Shefer bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “TASS”.
“O‘z-o‘zidan tushunarliki, AQSh va Rossiya o‘rtasida Suriya bo‘yicha anglashuvga erishilmay turib ixtilofni bartaraf qilish va qon to‘kilishiga yakun yasash imkonsiz”, — dedi u.
“Bu ikki davlat o‘z sheriklari va bu sheriklarning nufuzi jihatidan yechim qidirishda benazirdir”, — qo‘shimcha qildi Shefer.
Izoh (0)