Kuba sharqiy qismida “Mettyu” dovuli yaqinlashishi munosabati bilan 316 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. U yaqin soatlar ichida mamlakat sohillariga yetib keladi. Bu haqda 4-oktabr, seshanba kuni G‘arb OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“20 ming kishi vaqtinchalik boshpanalarga yashiringan, yana 296 ming kishi xususiy uy va kvartiralarga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Siklon haqidagi ogohlantirish Kuba hukumati tomonidan mamlakatning oltita sharqiy provinsiyasi, jumladan, Santyago-de-Kuba va Guantanamoda ham e’lon qilingan edi.
Meteorologlarning ma’lum qilishicha, “Mettyu” soatiga 230 kilometr tezlik bilan harakatlanayotgan to‘rtinchi darajadagi kuchli bo‘ronligicha qolmoqda.
Izoh (0)