Tailand janubidagi Naratxivat provinsiyasida yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakatni ajratib turuvchi to‘siqqa urildi. Shundan so‘ng avtobus ag‘darildi.Xabarda qayd etilishicha, yo‘lovchilarning tashqariga chiqishi uchun qutqaruvchilar yordami kerak bo‘ldi. Barcha jabrlanganlar Tailand fuqarosi bo‘lgan.
Avtobus yo‘lovchilarni Samuy orolidan Naratxivat provinsiyaga olib ketayotgan edi.
Izoh (0)