Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammadqali Abulg‘oziyev boshchiligidagi delegatsiyaning Andijonga safari yakunlari bo‘yicha ikki davlat viloyatlari o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati sayti xabar bermoqda.
Qirg‘izistonning O‘sh, Batken va Jalolobod hamda O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari rahbarlari o‘zaro hamkorlik haqidagi memorandumni imzoladi.
Viloyat rahbarlari chegaraoldi mintaqalaridagi aholining dolzarb masalalarini muhokama etish uchun doimiy ravishda, har oyda uchrashish haqida kelishib oldi. Shuningdek, o‘zbek—qirg‘iz hamkorligini yanada rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qirg‘izistonga javob tashrifini tashkillash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)