O‘zbekistonda 2-oktabr, yakshanba kuni eng yuqori havo harorati Termiz shahrida qayd etildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati ma’muriy markazida havo harorati +25 darajagacha ko‘tarilgan.
2-oktabr kuni O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida eng yuqori ob-havo quyidagicha bo‘ldi: Toshkent, Samarqand shaharlarida +19 daraja, Urganch, Navoiy, Jizzax, Guliston, Andijon, Namangan shaharlarida +20 daraja, Nukus, Buxoro, Farg‘ona shaharlarida +21 daraja, Qarshi shahrida +23 daraja.
O‘zbekiston bo‘yicha eng salqin havo 2-oktabr kuni mamlakatning tog‘li hududlarida qayd etildi — Qamchiq dovonida havo harorati +3 darajadan ko‘tarilmagan bo‘lsa, Chimyonda +7 darajani tashkil etdi.
2-oktabr kuni kunduzi va 3-oktabrga o‘tar kechasi faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatildi. Mamlakatdagi eng kuchli shamollar Andijon viloyatida kuzatildi — Ulug‘nor tumanida shamolning tezligi soniyasiga 18 metrga yetdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)