O‘zbekistonda 4-oktabr, seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, seshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +3...+8 daraja, Toshkent shahrida +8...+10 daraja, qolgan barcha hududlarda +13...+14 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
4-oktabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida +11...+16 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +17...+22 daraja, Toshkent shahrida +21...+23 daraja, qolgan hududlarda +25...+27 darajagacha iliq bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)