O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (pdf) bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozadi Norma.
Vazirlik boshqaruv xodimlari to‘rt kishiga qisqartirildi (43 dan 39 kishigacha).
Markaziy apparat xodimlarining umumiy soniga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi (avval 59 kishi edi). Bu xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar sonini o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq aniq belgilash imkonini beradi.
Ilgari bevosita vazirga bo‘ysungan oliy ta’lim boshqarmasi vazirning birinchi o‘rinbosari ixtiyoriga o‘tdi va sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Uning bazasida ikkita bosh boshqarma shakllantirildi, bular — Kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasi hamda Yangi dasturlar va o‘quv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi.
Izoh (0)