Qirg‘iziston prezidenti, yaqinda Moskvada davolanib qaytgan Almazbek Atambayev xastalik paytida uni qo‘llab-quvvatlagan vatandoshlariga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda KNews xabar bermoqda.
“Qadrdon millatdoshlar! Meni va yaqinlarimni og‘ir vaziyatda qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun chin dildan minnatdorlik bildiraman... Bunday kunlarda har qanday dalda so‘zlari, duo va qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhim bo‘ladi. Siz menga xastalikni tezroq yengishga intilish bag‘ishladingiz! Bu unutilmaydi. Men va oilam sizga chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Xudoyim sizlarga mustahkam sog‘liq va baxt, vatanimizga esa tinchlik va ravnaq bersin!”, — deyiladi uning bayonotida.
Izoh (0)