O‘zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova Tashkent Open—2016 xalqaro turnirining juftlik bahslarida yaponiyalik Xiroko Kuvata bilan yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Turnirning birinchi davrasida Nigina va Xiroko polshalik Katarijan Piter va ispaniyalik Silviya Soler-Espinosani 7:5, 7:5 hisobida, chorak finalda ukrainalik Lyudmila va Nadya Kichenoklarni 6:4, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Abduraimova va Kuvata tandemi turnirning yarim final uchrashuvida gollandiyalik Demi Shuurs hamda chexiyalik Renata Voratsova juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)