Iroq armiyasi Naynava viloyati ahliga murojaat qilib, tez orada mintaqa IShID guruhi jangarilari qo‘lidan ozod qilinishiga va’da berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ochiq xat mamlakat mudofaa vazirligining rasmiy saytida joylashtirildi. Unda armiya vakillari aholini hamkorlikka chaqirdi.
Naynava viloyati markazi Mosul IShIDning Iroqdagi tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)