Isroilning sobiq prezidenti, miyasiga qon quyilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan 93 yoshli Shimon Peresning qarindoshlari u bilan vidolashish uchun chaqirildi. Bu haqda, Isroilning 10-kanaliga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
O‘z navbatida, The Jerusalem Post nashri mamlakatning sobiq rahbari o‘ta og‘ir ahvolda ekanligini, uning miyasi o‘lganini qayd qilmoqda.
Isroilning to‘qqizinchi prezidenti 13-sentabr kuni insultni boshdan kechirgan edi. Shifokorlar uni sun’iy komaga o‘tkazib, havo aylantirish apparatiga ulab qo‘ygan edi.
Bir muddatdan so‘ng Peres sun’iy komadan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar uning ahvoli biroz yaxshilanganini, lekin haligacha og‘ir bo‘lib qolayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)