Misr sohillarida suv ostiga g‘arq bo‘lgan, bortida yuzlab muhojirlar ketayotgan kema halokatininig qurbonlari soni 200 kishidan oshib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 170 kishiga yetgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, asosan afrikalik noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan va Italiyaga yo‘l olgani taxmin qilingan kema 21-sentabr kuni Buxayra viloyatidagi Rashid shahri yaqinida O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketgandi. Uning bortida 600 kishi bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)