Braziliyaning sobiq moliya vaziri Antonio Palotssi Petrobras davlat neft kompaniyasidagi korrupsiya ishi yuzasidan hibsga olindi. Bu haqda, EFE agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot organlari sobiq amaldorga qarshi ilgari surilayotgan ayblovlarni oshkor etmayapti.
Palotssi moliya vazirligiga 2003–2006-yillarda boshchilik qilgan, 2011-yilda esa yarim yil davomida sobiq prezident Dilma Russeff ma’muriyati rahbari lavozimida ishlagan.
Izoh (0)