Bangladesh bojxona xizmati mamlakat poytaxti Dakka aeroporti hojatxonasidagi axlat qutisidan jami vazni uch kilogramm bo‘lgan o‘nta oltin quymasini topdi. Bu haqda Dhaka Post gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bojxona xizmati zimdan berilgan xabar bo‘yicha harakat qilgan va qidiruv boshlangandan bir soat o‘tib oltinni topgan.
Politsiya gumonlanuvchi kontrabandachini videokuzatuv kameralari yozuvlari yordamida topishga urinmoqda.
Xabar berishlaricha, topilgan barcha oltin mamlakat markaziy bankiga topshiriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)