AQSh Dayr az-Zavrda amalga oshirilgan hujum xatoligini tan olib, Rossiya orqali Suriya tomoniga o‘z uzrini yetkazdi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Vesti v subbotu s Sergeyem Brilyovim” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Ularning (AQShning) o‘zi bu mavzuga to‘xtaldi. Bu xatoligini aytdi va biz orqali suriyaliklarga uzrini yetkazdi”, — dedi u.
Lavrovning aytishicha, AQSh vakillari shaxsan Suriya prezidenti Bashar Asaddan ham kechirim so‘radi.
Izoh (0)