Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi va ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi.
Xususan aktyor o‘zi haqida tarqalgan eng yoqimsiz mish-mish haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Afsuski, mashhurlar haqida turli gap-so‘zlar tarqalishi odatiy holga aylanib boryapti. Bu juda yomon. Ko‘p yillik ijodiy faoliyatimda men haqimda ham bo‘lar-bo‘lmas, yolg‘on va yoqimsiz xabarlarni tarqatishgan. Ulardan eng yomoni meni giyohvand deyishgani. Yaxshi bilmagan kishisi haqida tuhmat gaplar tarqatadiganlarga insof bersin”, — dedi Javohir Zokirov.
Izoh (0)