Afrikaning eng boy insoni — Aliko Dangote yaqin to‘rt yil ichida Londonning “Arsenal” futbol jamoasining xo‘jayiniga aylanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Dangote Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Men shunchaki ‘Arsenal’ni sotib olib, biznesni oddiy tartibda davom ettirishni emas, balki qaytadan ishga tushirishni rejalashtirmoqdaman. Men juda muvaffaqiyatli biznesni boshqarganman va muvaffaqiyatli jamoani boshqara olaman deb o‘ylayman”, — dedi nigeriyalik tadbirkor.
Dangotening boyligi 12,9 milliard dollarga baholanadi.
Ayni paytda rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov “Arsenal”ning 30,04 foizlik ulushiga egalik qilmoqda. Uning biznes bo‘yicha sherigi Farhod Moshiri o‘z ulushini Usmonovga sotgan edi. Yaqinda Usmonov ham “Arsenal”dagi ulushini sotishni rejalashtirayotgani borasida xabarlar tarqaldi, ammo ular tasdiqlanmadi.
Izoh (0)