Bangladeshda o‘tgan bir kun davomida yashin urishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jiddiy kuyish jarohatini oldi. Bu haqda Bangladesh tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish departamenti direktori Holid Mahmud ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Faqat o‘tgan sutka ichida Bangladeshning ko‘plab tumanlari bo‘ylab yog‘ib o‘tgan kuchli jala oqibatida yashin urishidan 18 kishi qurbon bo‘ldi, 15 dan ortiq kishi jabrlandi. Ularning aksariyati bu vaqtda ochiq osmon ostida bo‘lgan”, — dedi u.
Har yili Bangladeshda yashin urishi tufayli yuzlab odam halok bo‘ladi. So‘nggi vaqt vaziyat yomonlashmoqda. Shuning uchun hukumat aholi o‘rtasida bilim va ko‘nikmalarni oshirish ishlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)