O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasida tashkilot rahbariyatining Jahon banki vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining portali xabar berdi.
Ushrashuvda O‘zbekiston tomoni delegatsiya a’zolariga mamlakatda Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarini bajarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan Chora-tadbirlar tizimi tahlilining maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvda ta’kidlanishicha, keng ko‘lamda tashkil etilgan axborot kampaniyasi doirasida mehnat qonunchiligi va Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalariga rioya etish haqidagi bannerlar tayyorlangan va joylashtirilgan, posterlar va flayerlar tarqatilgan, televideniyeda videoroliklar namoyish etilmoqda.
Izoh (0)