14—20-sentabr kunlari Jalolobod va O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz” O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tayanib.
Ushbu davr mobaynida davlat chegarasi chizig‘ining 23 ta hududi birgalikda dala sharoitida tekshirildi.
Ma’lumot o‘rnida: delimitatsiya — qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi chegarani muzokaralar yo‘li bilan aniqlashtirish. Demarkatsiya — davlat chegarasi chizig‘ini maxsus belgilar bilan ifoda qilish. U chegara delimitatsiyasi to‘g‘risidagi hujjat asosida amalga oshiriladi.
Izoh (0)