Janubiy Koreya KXDR tomonidan o‘tkazilgan yangi raketa dvigateli sinovini keskin qoraladi. Bu haqda, Koreya Respublikasi birlashish masalalari bo‘yicha vazirlik bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Shimol o‘z yadro va raketa salohiyatini oshirishda davom etayotgani, yaqinda o‘tgan yog‘ingarchilik oqibatlaridan aziyat chekayotgan odamlarga ko‘z yumayotgani achinarli”, — ma’lum qildi vazirlikning rasmiy vakili.
Ayni paytda KXDR 1945-yildan buyon kuzatilgan eng yirik toshqin oqibatlariga qarshi kurashmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Shimoliy Koreyada tabiiy ofat tufayli 130 kishi halok bo‘ldi, 400 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)