AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblangan Donad Tramp Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintondan 7 foizga o‘zib ketmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabar berishlaricha, The Los Angeles Times gazetasi va Janubiy Kaliforniya universitetining tadqiqot xizmati tomonidan o‘tkazilgan umummilliy so‘rovnoma natijalari shunday xulosaga sabab bo‘lgan.
So‘rovnomaga ko‘ra, 48 foiz respondentlar Trampni, 41 foizi esa Klintonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
The Los Angeles Times’ning qayd etishicha, bu Tramp uchun u prezidentlikka rasman nomzod etib tanlanganidan beri ijtimoiy so‘rovnomalarda qayd etilgan eng yaxshi natija bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)