Rossiyaning Irkutsk shahrida istiqomat qiluvchi Aleksey Vaskov uch yil muqaddam Baykal ko‘li ostiga tushib ketgan fotoapparatni topib, uskunani unga egalik qiluvchi oilaga qaytarib berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Chuqur sho‘ng‘ish chog‘ida g‘avvos balchiq bosgan fotoapparatni topdi. Apparat buzilgan bo‘lsa ham, flesh-karta ishlayotgan edi.
G‘avvos flesh-kartani telefonga solib, u yerda qo‘lida faxriy yorliq tutgan qizning fotosuratini ko‘rdi. Diplomda qizning ismi-sharifi, shuningdek, u yashaydigan qishloq nomi aks etgan edi. Fotosurat 2013-yilga oid edi.
Osadagi tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, Vaskov fotoapparatini yo‘qotib qo‘ygan oilani topdi. G‘avvos 150 kilometr yo‘l bosib o‘tib, qishloqqa bordi va fotoapparatni egasiga qaytarib berdi.
Aniqlanishicha, 2013-yilda oila Baykalga dam olishga borganida mahalliy baliqchilar ularni qayiqda aylantirgan. Ammo qayiq tebranib ketishi oqibatida fotoapparat erkakning qo‘lidan chiqib, suvga tushib ketgan.
Qaytarib berilgan fotokamera esdalikka olib qo‘yildi. Yuqorida tilga olingan qizaloq hozirda ikkinchi sinf o‘quvchisi bo‘lib, kelajakda suratkash bo‘lishni orzu qilmoqda.
Izoh (0)