Tailand yo‘l politsiyasi 16 kishiga mo‘ljallangan minivenni to‘xtatib, tekshiruv o‘tkazganida, uning ichida 41 nafar yo‘lovchi o‘tirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda, The Guardian’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Voqea aks etgan videolavha Facebook’da chop etildi. Unda politsiyachilar mashinadan yo‘lovchilarni navbatma-navbat tushirib, biryo‘la ularni sanab chiqqani ko‘rsatilgan.
Erkaklar g‘ayriixtiyoriy ravishda 2015-yil mayida o‘rnatilgan jahon rekordini takrorladi — o‘shanda Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Toyota Rav4 avtomobiliga 41 kishi siqqan edi. Bu ko‘rsatkich Ginnes rekordlar kitobida qayd qilingandi.
Izoh (0)