AQShning Oklaxoma shtatida insoniyat tomonidan qayd qilingan eng uzun yashin kuzatildi. Yashin zarbi 321 kilometrga, shtatning bir burchagidan narigisigacha cho‘zildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” Science Alert’ga asoslangan holda.
Hozirgacha eng uzun yashin zarbi 2012-yilda Fransiyada qayd qilingan deb hisoblanardi. 7,74 sekund davom etgan yashinning uzunligi 200 kilometrni tashkil qilgan edi.
Ilgari olimlar yashin momaqaldiroq jabhasining 32 kilometridan ortiq masofaga cho‘zilmaydi, deb hisoblar edi. Ammo oxirgi kuzatuvlar bu qarashlarni rad etdi.
Izoh (0)