Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlarining C4 toifadagi velopoygalar bahsida ishtirok etgan 48 yoshli eronlik Baxman Gulbarnajod jiddiy halokatga uchraganidan so‘ng vafot etganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Gulbarnajod shifoxonaga olib ketilayotganida tez yordam mashinasi ichida yurak xurujidan vafot etdi.
Ushbu hodisadan so‘ng Paralimpiya shaharchasidagi Eron mamlakati va Paralimpiya harakati bayroqlari tushirildi. Bugun, 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlari yopilish marosimi Gulbarnajod xotirasiga 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.
Izoh (0)