Rio-de-Janeyroda davom etayotgan XV yozgi Paralimpiada o‘yinlarining to‘qqizinchi kuni ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatsiz keldi.
Erkin usulda 50 metrga suzish musobaqasida Fotima Omilova, Dmitriy Xorlin, Muzaffar Tursunxo‘jayev musobaqaga kirib, sovrinli bo‘la olmadi.
2000 metrga yugurish turnirida ishtirok etgan yengil atletikachilardan Faxriddin Xamroyev hamda Mansur Abdurashidov ham medallarga yetgulik natija ko‘rsata olmadi.
7 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronzasi bor O‘zbekiston jami 30 ta medallar shodasi bilan umumjamoasi hisobida 16-o‘rindan joy olgan. 11-o‘ringa ko‘tarilib olish uchun delegatsiyaga kamida 1 ta oltin kerak bo‘ladi.
Izoh (0)