Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvadagi G‘alaba madaniyat va istirohat bog‘ida ilk bor “KurbanFEST” festivali o‘tkaziladi. Uning kuz faslidagi eng yirik musulmon madaniy-ommaviy tadbirlarlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Tashkilotchilar mehmonlarni taniqli kishilar bilan qiziqarli uchrashuvlar, musulmon xalqlar madaniyati bilan tanishuv, tanlovlar va bolalar uchun sovg‘alar, ko‘rgazma va masjidga sayohat kutayotganini bildirmoqda. Shuningdek, bayram konserti va bepul yeguliklar tortiq etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, “KurbanFEST” festivali 12-sentabr, qurbon hayiti nishonlangan kun Boshqirdiston poytaxti Ufada ham bo‘lib o‘tgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)