Senator Darig‘a Nazarboyeva palataning xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Avval mazkur lavozimni egallagan deputat Ikrom Adirbekov o‘z ixtiyoriga binoan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, 13-sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Darig‘a Nazarboyevani mamlakat parlamenti senati deputati etib tayinlash haqida farmonni imzoladi. Bungacha u Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Izoh (0)