MDH davlatlari rahbarlari kengashining Bishkek sammiti boshlanishi Vladimir Putinning reysi tufayli ikki soatga kechiktirildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, Rossiya prezidenti samolyotining parvozi “noqulay ob-havo” tufayli kechiktirilgan. Sammit avval rejalashtirilganidek mahalliy vaqt bilan 16:00 da emas, 18:00 da boshlanadi.
Matbuot xizmatining bildirishicha, Bishkekka Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston prezidentlari kelib ulgurgan. Moldova nomidan sammitda bosh vazir, Turkmanistondan bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekistondan tashqi ishlar vaziri, Ukrainadan esa ushbu davlatning Qirg‘izistondagi elchisi qatnashmoqda.
Izoh (0)