Suriya TIV Golan tepaliklaridagi navbatdagi to‘qnashuvdan so‘ng BMT bosh kotibiga hamda Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘llab, Isroilning tajovuzini to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Suriya Xavfsizlik Kengashidan Isroilni jazolash hamda uni tajovuzdan to‘xtatishga majburlash uchun zarur barcha choralarni ko‘rishni talab qiladi”, — deyiladi maktublardan birida.
Shuningdek, Suriya Isroilni terrorchi guruhlarni, jumladan, “Jabhat an-Nusra”ni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.
Ilgariroq Isroil Suriya armiyasining Golan tepaliklaridagi marralariga zarba berayotgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)