Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmlari bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi. May oyida mamlakatning sutkalik me’yori 400 ming barrelga ko‘paygan bo‘lsa, shu davrda AQShning ko‘rsatkichlari 460 ming barrelga kamaydi. Bu haqda, Xalqaro energetika agentligi tomonidan 13-sentabr kuni chop etilgan ma’lumotlarga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
AQSh slanetsli neft tufayli 2014-yil aprelidan buyon jahonda birinchi o‘rinni ushlab turgan edi. AQShning sutkalik ko‘rsatkichlari tushishiga burg‘ulash nuqtalarining keskin kamayishi sabab bo‘ldi. May oyida ularning miqdori rekord darajada (404) tushib ketdi. Sentabr boshida ularning soni yana o‘sib, 508 taga yetdi.
Izoh (0)