Qozog‘iston hukumatidagi o‘zgarishlar mamlakatda yangi avlod rahbarlarining zamoni kelganidan dalolat beradi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bayonot berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Hukumat tarkibidagi o‘zgarishlarga izoh berarkan, davlat rahbari o‘zgarishlar mavjud tahdidlarga tegishlicha javob berish zarurati bilan tushuntirilishini ta’kidlab o‘tdi.
“Yangi vazirlar mahkamasi oldiga konkret vazifalar qo‘yildi. Hukumat strukturasida ro‘y bergan o‘zgarishlar yangi avlod rahbarlarining zamoni kelganidan dalolatdir. Ular orasida ‘Bo‘lajak’ dasturi bitiruvchilari ham bor”, — dedi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr kuni mamlakat bosh vazir Karim Masimov iste’foga chiqarilgan edi. Yangi shakllantirilgan hukumat tarkibidan uning o‘rinbosari, prezidentning qizi Darig‘a Nazarboyeva o‘rin olmadi.
Izoh (0)