Falastin prezidenti Mahmud Abbos va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘rtasidagi uchrashuv Lyuksemburgda bo‘lib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“Bosh vazir Ksavye Bettel meni Lyuksemburgga taklif qildi va falastinliklar ham o‘sha yerga borishi mumkinligini ma’lum qildi”, — deya Benyamin Netanyaxuning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Jerusalem Post.
Avvalroq Falastin va Isroil rahbarlari o‘rtasida joriy haftada Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bevosita muzokaralar Tel-Avivning pozitsiyasi tufayli ko‘chirilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Bungacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Misr prezidentiga Moskva Mahmud Abbos va Benyamin Netanyaxu o‘rtasidagi muzokaralarni qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)