Turkiya IIV 28 nafar mahalliy ma’muriyatlar rahbarlari mansabidan chetlashtirilganini ma’lum qildi. Ular Kurdiston ishchi partiyasi va Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda ayblanmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonun doirasida o‘tkazilgan tekshiruv yakunlariga ko‘ra 28 mahalliy ma’muriyat rahbariyatlari chetlashtirildi. Ulardan 24 nafari Kurdiston ishchi partiyasi bilan, to‘rt nafari esa ‘Fathulloh terrorchi tashkiloti’ bilan aloqadordir”, — deyiladi bayonotda.
Yangi ma’muriyat rahbarlari shu kundan e’tiboran o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.
Izoh (0)