AQSh biolog olimlari inson shaxsini nafaqat DNK, balki uning sochlaridagi oqsillar orqali ham bexato aniqlashni o‘rgandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biz hozir taxminan bamisli DNK-tahlilning ilk faoliyat davrlaridagi bosqichda turibmiz. Mazkur yangi uslub kriminalistikada yangi inqilobga sabab bo‘ladi, uning salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarishi uchun hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz kerak”, — deya ta’kidladi Livermordagi Lourens nomli milliy laboratoriya vakili Bred Xart.
Xart va hamkasblarining bildirishicha, ular tomonidan yaratilgan oqsil tahlili uslubi (sochlar tarkibidagi oqsillarning kimyoviy tizimini buzmaydigan maxsus ashyolarga solinadi va tahlil qilinadi) inson o‘limidan keyingi birinchi soat va kunlardagina emas, hatto oradan bir necha yuz yil o‘tib ham shaxsini aniqlashga imkon beradi. Olimlar uslub yordamida bundan 250 yil avval o‘lgan bir necha odam kimligiga aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)