Indoneziya sohil qo‘riqlash xizmati kemalari qaroqchilarni ta’qib etgan taqdirda Filippin hududiy suvlariga kirishi mumkin. Bu haqda 9-sentabr, juma kuni lavozimga saylanganidan keyin ilk xorijiy rasmiy tashrif bilan Indoneziyaga kelgan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Agar kemalar Filippin hududiy suvlariga tasodifan kirib qolgudek bo‘lsa, qaroqchilarni yo‘q qilish uchun ta’qibni davom ettirishi mumkin”, — deya ta’kidladi Duterte.
Duterte Jakartada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan dengizda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlarni muhokama qildi.
Izoh (0)