AQSh harbiylari Guantanamo bazasidagi qamoqxona lagerlaridan birini yopdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari vakili Jon Filostratga ko‘ra, yopilgan lager mahbuslar uchun tibbiy markazga aylantiriladi. U yerda saqlangan tutqunlar esa Kubadagi boshqa qamoqxonalarga o‘tkaziladi.
OAV manbalariga ko‘ra, mazkur lager qamoqxona xodimlarini mahbuslarning tajovuzkorona harakatlaridan himoya qilishning eng yaxshi tizimi bilan jihozlangandi.