Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Belarus delegatsiyasi a’zosining akkreditatsiyasini qaytarib oldi. Bunga u 2016-yilgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib yurgani sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu boradagi bayonotni Twitter’dagi sahifasi orqali qo‘mita press-attashesi Kreyg Spensi berdi.
“XPQ Rossiya bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan Belarus delegatsiyasi a’zosining akkreditatsiyasini qaytarib oldi”, — ma’lum qildi u.
Izoh (0)