7-sentabr kuni Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Hilpirayotgan O‘zbekiston Davlat bayrog‘i ostidagi sport delegatsiyamizning bayramona kiyimlari, ayniqsa, sportchilarimizning o‘zini tutish madaniyati, xalqimizga xos odob bilan chiqishlari boshqa davlat vakillarining havasini keltirdi”, — deb yozildi MOQ matbuot xizmatining xabarida.
Rio Paralimpiyasida O‘zbekiston sharafini 32 nafar sportchi himoya qiladi.
Izoh (0)