Ispaniya va Portugaliyada yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Eng murakkab vaziyat Ispaniyaning Galisiya muxtor jamoatida yuzaga keldi. U yerda oxirgi kunlarda 6,1 ming gektar o‘rmonlar olov ichida qolib ketdi. Ayni paytda Galisiyada to‘rt yirik yong‘in qayd qilindi. Ularning oxirgisi Lobera munitsipalitetida yuzaga keldi.
Portugaliya bilan chegarada joylashgan Oimbra munitsipalitetida esa 1,5 ming gektar o‘rmon yonib ketdi. Olov odamlar yashaydigan hududlarga yetib borishi tahdidi bor.
Ispaniya hududida havo harorati 40 darajadan oshayotgani bois yong‘in tahdidi e’lon qilindi. Portugaliyada esa yettita yirik yong‘in o‘chog‘i qayd qilindi. Jumladan, oxirgi ikki kunda Vila Pouka de Agiar munitsipalitetida 15 ming gektar o‘rmon yonib ketdi.
Izoh (0)