Ukrainada “Xalq jabhasi” fraksiyasi deputati Igor Lapin “Lugansk xalq respublikasi” va “Donetsk xalq respublikasi” nomlarini jinoiy tashkilotlar targ‘iboti deb tan olishni taklif qildi. Lapin muallifligidagi tegishli qonun loyihasi Oliy Radada ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Men ‘LXR’ va ‘DXR’ propagandasi qonun bilan taqiqlanishini, bu nomlari ishlatilishi to‘xtatilishini xohlayman. Bizning o‘zimiz ularni shu nomlar bilan ataymiz. Bu ahmoqlik”, — dedi u “Interfaks-Ukraina” agentligiga bergan intervyusida.
“Men ularni Lugansk, Donetsk viloyatlarining yoki Rossiyaning noqonuniy qurolli tashkilotlari deb tan olishlarini xohlayman”, — qo‘shimcha qildi Lapin.
Izoh (0)