Rasmiy Anqara Suriyaning Aleppo shahri atrofida 48 soatga o‘t ochishni to‘xtatish tartibini o‘rnatib, uni Qurbon Hayiti bayramiga qadar cho‘zishni taklif qildi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Ibrohim Qalin bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
“Biz Aleppoda 48 soatga o‘t ochishni to‘xtatish tartibini joriy qilishni va shundan so‘ng uni Qurbon Hayitiga qadar uzaytirishni taklif etmoqdamiz”, — dedi u NTV telekanali efirida.
Hayit 12-sentabrga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Ilgariroq mamlakat prezidenti Suriyada Hayitga qadar tinchlik o‘rnatilishidan umidvorligini bildirgan edi.
Izoh (0)